Yetakchilar

Xotirjam Yetakchi

Vaziyat qizib ketganda ham ovozingizni koʻtarmaysiz — shuning uchun odamlar sizga quloq soladi.

Guruh adashib qolganda yoʻnalishni koʻrsatadigan odam odatda siz boʻlasiz.

Kuchli tomoningiz

Bosim ostida toʻgʻri qaror qabul qilish.

Eʼtibor bering

Xotirjamligingiz baʼzan befarqlikdek koʻrinadi. Yaqinlaringiz sizdan koʻproq hissiyot kutayotganini sezmay qolmang.

Bu obraz qanday chiqadi

Bu obraz ikkita eng kuchli xususiyatingizdan tugʻiladi: Hissiy barqarorlik va Kirishimlilik. Boshqa uchtasi ham sizda bor — shunchaki bu ikkisi ulardan koʻra kuchliroq chiqqan.

Agar bu ikki xususiyat bir-biriga juda yaqin boʻlsa, test yakunida sizga ikkinchi obraz ham koʻrsatiladi. Natija — bugungi suratingiz, oʻzgarmas yorliq emas.

Shu xususiyat kimda kuchli boʻlgan

Bahouddin Naqshband 1318–1389

Odamlarni majburlab emas, oʻz namunasi bilan ergashtirgan.

Toʻliq qoʻllanma

«Xotirjam Yetakchi» — 8 sahifalik PDF qoʻllanma.

Kundalik hayotda, maktabda va kelajak yoʻnalishlarida; oʻsish nuqtalari va ikki haftalik amaliyot. Bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan.

Yuklab olish (PDF)

Oilada Uyda va yaqinlaringiz orasida

Kuchli taraflaringiz

  • Bosim ostida qaror Uyda kutilmagan muammo chiqsa, hamma sizga qaraydi — chunki siz sarosimaga tushmaysiz.
  • Mehmon kutish Uyga odam kelganda suhbatni siz boshlaysiz va hech kim chetda qolmaydi.
  • Janjalni toʻxtatish Ovozingizni koʻtarmay bir gap aytasiz va tortishuv tinadi. Buni oilangiz biladi.
  • Kichiklarga namuna Ukalaringiz sizga taqlid qiladi, siz aytmasangiz ham.
  • Ishonchli yelka Muhim oilaviy suhbatga sizni ham chaqirishadi, garchi yoshingiz kichik boʻlsa ham.

Eʼtibor beradigan tomonlaringiz

  • Befarqdek koʻrinish Xotirjamligingiz «unga farqi yoʻq» degan taassurot qoldiradi. Yaqinlaringiz sizdan koʻproq hissiyot kutadi.
  • Oʻz tashvishini aytmaslik Hammaning muammosini eshitasiz, oʻzingiznikini hech kimga aytmaysiz.
  • Soʻralmasdan boshqarish Vaziyatni tez oʻz qoʻlingizga olasiz — baʼzan oilangiz shunchaki tinglashingizni kutayotgan boʻladi.
  • «Sen bardoshlisan» yorligʻi Sizdan hech kim holingizni soʻramay qoʻyadi, chunki doim yaxshi koʻrinasiz.
  • Hissiy suhbatdan qochish Yigʻi va koʻz yosh boʻlgan joyda oʻzingizni noqulay his qilasiz va mavzuni amaliy tomonga burasiz.

Maktabda Darsda, imtihonda va sinfdoshlar orasida

Kuchli taraflaringiz

  • Sinf oldida gapirish Taqdimotda ovozingiz titramaydi. Koʻpchilik uchun bu eng qiyin narsa.
  • Guruh yetakchisi Jamoa adashib qolganda yoʻnalishni koʻrsatadigan odam siz boʻlasiz.
  • Imtihonda barqarorlik Bilganingizni hayajondan unutmaysiz — bu bilimdan kam ahamiyatli emas.
  • Nizoni hal qilish Sinfdoshlar urishib qolsa, oʻqituvchi sizni chaqiradi.
  • Oʻqituvchilar ishonchi Masʼuliyatli topshiriq koʻpincha sizga beriladi.

Eʼtibor beradigan tomonlaringiz

  • Guruh ishini oʻzlashtirish «Tezroq boʻladi» deb hammasini oʻzingiz qilasiz. Jamoa hech narsa oʻrganmaydi.
  • Yordam soʻramaslik Tushunmaganingizni tan olish sizga yetakchilikni yoʻqotishdek tuyuladi.
  • Jim oʻquvchini bosib qoʻyish Siz gapirganingizda tortinchoq sinfdoshingiz umuman gapirmay qoʻyadi.
  • Sekin darsda zerikish Mavzu takrorlanganda eʼtiboringiz soʻnadi va oddiy joyini oʻtkazib yuborasiz.
  • Xato qilishdan qoʻrqish Hamma sizga qaraydi degan fikr yangi narsani sinab koʻrishingizga xalaqit beradi.

Munosabatlarda Doʻstlik va yaqin munosabatlarda

Kuchli taraflaringiz

  • Davra tashkilotchisi Uchrashuv boʻlishi yoki boʻlmasligi koʻpincha sizga bogʻliq.
  • Vahimasiz maslahat Doʻstingiz sarosimaga tushganda siz aniq nima qilishni aytasiz.
  • Yangi odam bilan oson Notanish davraga kirib ketish sizga qiyin emas.
  • Adolatli hakam Ikki tomonni ham eshitasiz, keyin gapirasiz.
  • Vaʼdaga sodiq Kelaman deganingizda kelasiz. Buni doʻstlaringiz sanaydi.

Eʼtibor beradigan tomonlaringiz

  • Zaifligini koʻrsatmaslik Doʻstlaringiz sizning ham qiynalishingizni tasavvur qilolmaydi.
  • Hammani bir masofada tutish Koʻp odam bilan yaxshimisiz, lekin juda yaqin doʻst kam.
  • Yordam soʻrash qiyinligi Doim beruvchi tomon boʻlasiz, olishni bilmaysiz.
  • Boshqarib yuborish Doʻstona uchrashuv ham sizning rejangiz boʻyicha oʻtadi — baʼzan boshqalar ham tanlashni xohlaydi.
  • Hissiy suhbatni qisqartirish Doʻstingiz dardini aytganda tezda yechim taklif qilasiz, u esa faqat eshitilishini kutgandi.

Sizga mos kelishi mumkin boʻlgan yoʻnalishlar

  • Boshqaruv va menejment87%

    Bosim ostida qaror qabul qilish va odamlarni ergashtirish — bu ishning kundalik mazmuni. Rejalashtirish tomonini alohida oʻrganishingiz kerak.

  • Diplomatiya va xalqaro munosabatlar84%

    Keskin suhbatni yumshata olasiz va notanish muhitda tez moslashasiz.

  • Huquq va advokatura80%

    Qarshi tomon ovozini koʻtarganda ham siz koʻtarmaysiz. Sud zalida bu ustunlik. Hujjat bilan ishlash esa sabr talab qiladi.

  • Favqulodda xizmat va tibbiyot77%

    Hamma sarosimaga tushganda sizning boshingiz ishlashda davom etadi.

  • Oʻqituvchilik va murabbiylik72%

    Sinf oldida turish sizga oson. Faqat har bir oʻquvchining hissiy holatini payqash ustida ishlashingiz kerak boʻladi.

Bu foizlar — sizning ikkita eng kuchli xususiyatingiz shu yoʻnalishga qanchalik mos kelishini koʻrsatadi. Bu bashorat emas: qiziqishingiz, imkoniyatingiz va real tajribangiz undan muhimroq.

Yetakchilar oilasidagi boshqa obrazlar

Odamlarni ortidan ergashtiradiganlar

Tayyormisiz?

7 daqiqa. Oʻnta obrazdan qaysi biri sizniki?

Testni boshlash